empty
 
 

Tavsifi

Yevro Indeksi — bu jahondagi beshta asosiy valyutalar (USD, GBP, JPY, CHF va SEK) kurslarining Yevroga nisbatan o'zgarishining o'rtacha ko'rsatkichi. Yevro indeksi 2006 yil 13 yanvarda kiritilgan, NYBOT birjasida kotirovka qilinadi. Yevro Indeksi xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari uchun yagon yevropa valyutasining joriy qiymati "etaloni" bo'lib hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

EURx = 34.38805726*EURUSD^(0,3155)*EURGBP^(0.3056)*EUR/JPY^(0.1891)*EURCHF^(0.1113)*EURSEK^(0.0785)

Savdoda qo'llanilishi

EURindex kompyuter indikatori Forex bozorining asosiy valyuta juftliklarida narxlarni o'zgarishi bilan kuzatiladigan Yevro Indeksidagi narx o'zgarishlarini yaqqol aniqlashga imkon beradi.

Savdoda Yevro Indeksi MetaTrader uchun indikatorni amaliy qo'llanish nuqtai nazaridan (EUR/USD juftligi kabi, valyuta bozorining boshqa aktivlarini ham), indikatordan foydalanishning ikki yo'nalishini ajratish mumkin: indikator chizig'ining o'rtacha sirpanuvchi narx qiymatlari bilan kesishish va indikatorning narx bilan divergensiyasini aniqlash.

  • Agar Yevro Indeksi sekin o'rtacha sirpanuvchini (SMA 50, 100) pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga tomon kesib o'tgan holda bunday kesishishni mos holda xarid qilish va sotishni ochish uchun qarash lozim. SMA va indikator chizig'ining kesishishi asosidan bitimdan foyda bilan chiqishni turli xil usulda amalga oshirish mumkin, biroq bu indikatorning teskari signalni bitimni yopish uchun foydalanish tavsiya etilmaydi.
  • Agar valyuta juftligining narx grafigida pastga tushuvchi narx harakati kuzatilsa, bunda Yevro Indeksi indikatori chizig'i ko'tarilsa, u holda hozirgi vaqtda vaqtda narx ko'rsatishlarining indikator ko'rsatishlari bilan farq qilishi (boshqacha aytganda, divergensiya) kuzatiladi. Bunday vaziyat tez orada valyuta juftligi bo'ycha narxning o'sishi mumkinligidan dalolat beradi.
  • Teskari vaziyat: agar narx oshishi vaqtida Yevro Indeksi indikatorida pastga tushuvchi yo'anlishning shakllanishi kuzatilsa, bu holat valyuta juftligi narxning tez orada pastga qarab burilishidan dalolat beradi.
Yevro Indeksi Indikatori
Evro indeksi: InstaForeks texnik ko'rsatkichlari

Evro indeksi USD, GBP, JPY, CHF, SEK kurslarining evroga nisbatan o'zgarishining o'rtacha ko'rsatkichidir. Foydalanishning ikkita usuli bor ...


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок