empty
 
 

Ultimate Oscillator texnik indikatori 1985 yilda Larri Vilyams tomonidan ishlab chiqilgan va "Technical Analysis of Stocks and Commodities" jurnalida chop etilgan.Mazkur indikator texnik tahlilning klassik indikator-ossillyatori qatoriga kiradi, biroq signallarning kuchi va indikator tahlil qiladigan ma'lumotlarga ko'ra Ultimate Oscillator klassik ostsillyatorlardan ustun turadi: uning hisoblashlarida hisob-kitob davrlari turlicha bo'lgan uchta ossillyatorning muvozanatli yig'indisidan foydalaniladi.

Hisoblash formulasi

Joriy "haqiqiy minimumni" aniqlash (True Low, TL). TL — joriy minimumning yoki avvalgi yopilish narxining eng kichigi.

TL (i) = MIN (LOW (i) || CLOSE (i – 1))

Joriy yopilish narxi va joriy haqiqiy minimum orasidagi farqqa teng bo'lgan joriy "Xarid bosimi" (Buying Pressure, BP) ni hisoblash.

BP (i) = CLOSE (i) - TL (i)

"Haqiqiy Diapazon" (True Range, TR)ni aniqlash. Bu ayirmalarning eng kattasidir: joriy minimum va maksimum; joriy maksimum va avvalgi yopilishidagi narx; avvalgi yopilishidagi narx va joriy minimum ayirmasi.

TR (i) = MAX (HIGH (i) - LOW (i) || HIGH (i) - CLOSE (i - 1) || CLOSE (i - 1) - LOW (i))

BP qiymatlarining yig'indisini hisob-kitobning hamma uchta davri uchun hisoblash:

BPSUM (N) = SUM (BP (i), i)

TRning qiymatlari yig'indisini hisob-kitobini hamma uchta davri uchun hisoblash:

TRSUM (N) = SUM (TR (i), i)

Yakuniy Ossillyatorning "xom qiymatini" hisoblash (The Raw Ultimate Oscillator, RawUO):

RawUO = 4 * (BPSUM (1) / TRSUM (1)) + 2 * (BPSUM (2) / TRSUM (2)) + (BPSUM (3) / TRSUM (3))

Ossillyator (Ultimate Oscillator, UO)ning yakuniy qiymatini formula bo'yicha hisoblash:

UO = ( RawUO / (4 + 2 + 1)) * 100, bu erda


MIN — minimal qiymat;

MAX — maksimal qiymat;

|| — mantiqiy YoKI;

LOW (i) — joriy barning minimal qiymati;

HIGH (i) — joriy barning maksimal qiymati;

CLOSE (i) — joriy barning yopilish narxi;

CLOSE (i — 1) — avvalgi barning yopilish narxi;

TL (i) — Haqiqiy minimum;

BP (i) — Xarid bosimi;

TR (i) — Haqiqiy diapazon;

BPSUM (N) — N davr uchun BP qiymatlarning matematik yig'indisi (1 ga teng bo'lgan N ning qiymati i = 7 barga; N = 2 da, i = 14 barga; N = 3, i = 28 barga teng);

TRSUM (N) — N davr uchun TR qiymatlarining matematik yig'indisi (1 ga teng bo'lgan N ning qiymati i = 7 barga; N = 2 da, i = 14 barga; N = 3 da, i = 28 barga teng);

RawUO — Yakuniy ossillyatorning "xom qiymati";

UO — Yakuniy Ossillyatorning qiymati.

Savdoda qo'llanishi

Ultimate Oscillator u qabul qiladigan 0 dan 100 protsentgacha diapazonda tebranuvchi texnik tahlil ostsillyatori hisoblanadi, Yakuniy Ossillyatorning asosiy chizig'ini bozorni o'ta xarid qilingalik/o'ta sotilganlik ko'rsatkichi sifatida qarash mumkin: agar indikator 70 darajadan yuqori ko'rsatkichlarni ko'rsatsa, u holda bozor o'ta sotilganlik bosqichida bo'ladi, yaqin vaqt oralig'ida burilish sodir bo'lishi mumkin. Agar indikator o'zining ko'rsatkichlarida 30 darajadan pastda bo'lsa, u holda aktiv narxi tez vaqt ichida o'sishni boshlashi mumkin.

Ultimate Oscillator bilan ishlashning mazkur uslubi qo'llanilganda (texnik tahlilning istalgan boshqa ostsillyatori kabi), Gambler’s Fallacy* deb ataluvchi omilni hisobga olish zarur.

Мullifi Larri Vilyams hisoblangan mazkur indikatordan foydalanib savdo qilish uslubi yuqorida tavfsiflangan boshqacha yondashuvni nazarda tutadi, biroq u zamonaviy valyuta bozorida savdo qilishda eng dolzarb hisoblanadi:

  • agar narxning o'sishi sharoitida Ultimate Ossillatorda ayiq uzoqlashishi shakllangan bo'lsa, va indikator ko'rsatkichi 50 darajadan tushgan bo'lsa, u holda qisqa pozitsiyalarni ochish zarur. Narx 30 dan pastga tushgan bo'lsa qisqa pozitsiyalarni yopish zarur;
  • agar narx tushishi sharoitida Ultimate Oscillatorda buqa yaqinlashishi shakllangan bo'lsa, va indikator ko'rsatkichi 50 darajadan yuqoriga o'sayotgan bo'lsa, u holda uzun pozitsiyalarni ochish kerak. Narx 70 darajadan o'tganda uzun pozitsiyalarni yopish kerak.
Ultimate Oscillator

InstaForex Ultimate Oscillator indikatorining parametrlari

fastperiod = 7

middleperiod = 14

slowperiod = 28

fastK = 4

middleK = 2

slowK = 1

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок