Narx - bu o'zgaradigan oxirgi elementdir. Narx o'zgarishidan avval bozorning harakatlantiruvchi kuchi o'zgaradi, harakatlantiruvchi kuch o'z yo'nalishini o'zgartirishdan avval harakatlantiruvchi kuchning tezlanishi sekinlashishi va nolgacha yetishi kerak. Keyin u narx o'z yo'nalishini o'zgartirmaguncha qarama-qarshi yo'nalishda tezlasha boshlaydi.
Tezlashish/Sekinlashish Texnik Indikatori (Acceleration/Deceleration, AC) joriy harakatlantiruvchi kuchning tezlanishini va sekilanishini o'lchaydi. Bu indikator harakatlantiruvchi kuch o'zgarishidan oldin yo'nalishini o'zgartiradi, u esa o'z navbatidan narx o'zgarishidan oldin o'z yo'nalishini o'zgartiradi. AC ancha ilgari ogohlantiruvchi signal ekanini tushunib olish ravshan afzallik beradi.
Nul chizig'i - bu, asosan, harakatlanuvchi kuch tezlanish bilan balanslangan joydir. Agar Tezlashish/Sekinlashish ossillyatori (Acceleration Deceleration, AC) noldan yuqorida bo'lsa, u holda odatda tezlanish uchun yuqoriga harakatlanishini davom ettirish osonroq bo'ladi (va, aksincha, - noldan pastda bo'lganda). Awesome Oscillatoridan farqli ravishda nol chizig'i kesib o'tish hech qanday signalni ifodalamaydi. Bozorni nazorat qilish va qaror qabul qilish uchun kerak bo'lgan yagona narsa - bu rangning o'zgarishini kuzatib borishdan iborat. Jiddiy mulohazalardan qochish uchun shuni yodda tutish zarur: AC yordamida joriy ustun qizil rangda bo'lganda xarid qilish, va joriy ustun yashil rangda bo'lganda sotish maqsadga muvofiq emas.
Agar bozorga harakatlanuvchi kuch yo'nalishida kirilsa (xarid qilishda Acceleration/Deceleration indikator noldan yuqorida, yoki sotuvda u noldan pastda), u holda xarid qilish uchun ikkita yashil ustun zarur (sotish uchun ikkita qizil ustun zarur). Agar harakatlantiruvchi kuch ochilayotgan pozitsiyaga qarshi bo'lsa (xarid qilishda indikator noldan pastda, yoki sotishda esa noldan yuqorida) tasdiqlash zarur, shuning uchun qo'shimcha ustun talab etiladi. Bu holda qisqa pozitsiya uchun indikator nol chizig'idan yuqorida uchta qizil ustunni ko'rsatishi zarur va uzun pozitsiya uchun esa nol chizig'idan pastda uchta yashil ustunni ko'rsatishi zarur.
Hisoblash
AC gistogrammasi — bu harakatlantiruvchi kuch gistogrammasining 5/34 qiymati bilan shu gistogrammadan olingan 5 davrli oddiy sirpanuvchi o'rtacha orasidagi farqdir.
MEDIAN PRICE = (HIGH + LOW) / 2
AO = SMA (MEDIAN PRICE, 5) — SMA (MEDIAN PRICE, 34)
AC = AO — SMA (AO, 5)
Bu yerda:
MEDIAN PRICE — median narx;
HIGH — barning maksimal narxi;
LOW — barning minimal narxi;
SMA — oddiy sirpanuvchi o'rtacha;
AO — Awesome Oscillator inikatori.
Команда аналитиков ИнстаФорекс
ГК ИнстаФинтех © 2007-2024