Balans Hajmi Texnik indikatori (On Balance Volume, OBV) hajmni va bu hajm bilan birga yuruvchi narxning o'zgarishini bir-biri bilan bog'laydi. Djozef Granvill o'ylab topgan bunday indikatorning ma'nosi oddiy. Agar joriy barni yopish narxi avvalgisini yopishdan yuqori bo'lsa, joriy bar hajmining qiymati OBVning oldingi qiymatiga qo'shiladi, agar joriy barning yopilishi avvalgisidan past bo'lsa, u holda joriy hajm Balans Hajmining oldingi qiymatidan ayriladi.
On Balance Volume indiktorini izohlash OBVning o'zgarishlari narx o'zgarishlaridan oldin yuz berishi qoidasiga asoslanadi. Bu qoidaga muvofiq, balans hajmining ortishi vositaga professionallar mablag' sarflayotganlaridan dalolat beradi. Keyinroq esa keng omma ham mablag' yo'yadigan bo'lganda narx ham, OBV indikatorining ko'rsatishlari ham juda tez o'sa boshlaydi.
Agar narx o'z harakatida On Balance Volume indikatoridan ishlarilab ketsa, "tasdiqlashning mavjud emasligi" deb ataluvchi holat vujudga keladi. Bu buqa bozorining cho'qqisida (narx Balans Hajmining tegishlicha o'sishisiz o'sgada yoki uni ilgarilab ketganda) kuzatiladi yoki ayiq bozori asosida (narx Balans Hajmining tegishlicha kamayishisiz pastga tushganda yoki undan ilgarilab ketganda) kuzatiladi.
On Balance Volumening ko'tariluvchi yo'nalishi to'g'risida, agar har bir yangi cho'qqi oldingisidan yuqoriroq bo'lganda va har bir yangi chuqurlik oldingisidan chuqurroq bo'landa gapirish mumkin. Shunga o'xshash, OBVning pastga tushuvchi yo'nalishini cho'qqilar va chuqirliklarning izchil pasayishini nazarda tutadi. OBV gorizontal koridorda izchil ko'tariluvchi yoki pastga tushuvchi cho'qqilar va jarliklarni hosil qilmasdan harakatlanganda - bu noaniq tendensiyadir.
Agar biror tendensiya qaror topgan bo'lsa, u o'zgarish yuz bergan paytgacha o'z kuchida qoladi. On Balance Volume indikatori tendensiyasida burilish ikki usulda yuz berishi mumkin. Birinchi holda tendensiya ko'tariluvchidan pastga tushuvchiga yoki pastga tushuvchidan ko'tariluvchiga tomon o'zgaradi.
Ikkinchi holda OBV tendensiyasi noma'lumga o'tadi va uch davrdan ortiq vaqt davomida shundayligicha qoladi, keyin esa yana ko'tariluvchi yo'anilishiga o'tadi, bu vaqtda OBV tendensiya ko'tariluvchi bo'lgan deb hisoblash lozim.
On Balance Volume indikatorining tendensiyasi ko'tariluvchiga yoki pasayuvchiga o'zgarganda "yorib o'tish" deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Indikatorning yorib o'tishlaridan oldin narxlarning yorib o'tishlari yuz bergani uchun investorlar OBVning yuqoriga yorib o'tishida uzun pozitsiyalarni egallashlari va mos ravishda OBVning pastga tomon yorib o'tishida esa sotishlari lozim bo'ladi. Ochiq pozitsiyalarni tendensiyaning yo'nalishi o'zgarmaguncha saqlab turish kerak.
Hisoblash
Hisoblash
Agar joriy yopilish narxi avvalgisidan yuqori bo'lsa, unda:
OBV (i) = OBV (i - 1) + VOLUME (i).
Agar joriy yopilish narxi avvaligsidan past bo'lsa, unda:
OBV (i) = OBV (i - 1) - VOLUME (i)
Agar joriy yopilish narxi avvaligisiga teng bo'lsa, unda:
OBV (i) = OBV (i - 1)
Bu yerda:
OBV (i) — joriy davrdagi On Balance Volume indikatorining qiymati;
OBV (i - 1) — avvalgi davrdagi On Balance Volume indikatorining qiymati;
VOLUME (i) — joriy barning hajmi.
Команда аналитиков ИнстаФорекс
ГК ИнстаФинтех © 2007-2024